AsosiyShou-biznes

Abdulla Qurbonov uch yillik tanaffus sabablari haqida ochiq-oydin gapirdi

Abdulla Qurbonovning ijodga qaytgani, “O`zbeknavo”dan lisenziyasini qaytarib olgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu voqealardan xabardor bo`lgan “Darakchi” xonanda bilan eksklyuziv intervyu uyushtirishga qaror qildi.

Xonanda nima sababdan so`nggi uch yil ko`rinmay qoldi? Buning sabablari xalq tomonidan turlicha e`tirof etilgani barchaga ma`lum. Ana shu sabablar xonanda tomonidan ochiq-oydin oshkor etildi. 

“Menga yana bir bor imkoniyat bergan “O`zbeknavo”dan minnatdorman. Balki gaplarim balandparvoz tuyular ammo, kundan kunga ko`payib borayotgan xonandalarni tartibda ushlab turishning o`zi bo`lmaydi."

San`atkor lisenziyadan mahrum bo`lishi sababi nima edi?

“Arzimagan videorolik tufayli yillar davomida misqollab yiqqan obro`im “do`stlarim”ning sharofati bilan bir tiyin bo`ldi. To`g`ri, bunda o`zim aybdorman, ortiqcha ko`ngilxushliklar sabab o`zimni yo`qotib qo`yganimni sezmapman. Bugun ko`zim ochilib, xatolarimni tushunib, tavba qildim. Juda afsusdaman!”

Eksklyuziv intervyuni batafsil “Darakchi”ning 10 dekabr kuni sotuvga chiqadigan sonida o`qishingiz mumkin.

O`tkazib yubormang! 

    Boshqa yangiliklar