AsosiyJamiyat

O`zbekistonda zilzila bo`yicha ma`lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi

'O`zbekistonda zilzila bo`yicha ma`lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta`minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4794, 30.07.2020 y) qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanalida ma`lum qilindi. 

Qaror bilan:

seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xafvsizlikni ta`minlash sohasidagi mas`ul davlat organlari belgilandi.

Hukumat tarkibiy tuzilmasida ushbu sohani muvofiqlashtuvchi sho``ba va tegishli jamg`arma tashkil etildi.

Qarorga ko`ra:

• 2021 yil 1 apreldan seysmik faol hududda joylashgan mavjud bino va ishootlar, ko`p qavatli turar joylarning seysmik zaifligini baholashga xizmat qiluvchi;

 

• 2021 yil 1 maydan yangi qurilishi rejalashtirilayotgan ko`p qavatli bino va inshootlarning konstruktiv tizimi, qurilish maydonining seysmiy darajasi kabilarni nazarda tutuvchi elektron texnik pasportlar shakllantiriladi.

 

Shuningdek, qarorga muvofiq:

2021 yil 1 aprelga qadar aholiga sodir bo`lgan zilzila bo`yicha to`liq ma`lumot beruvchi mobil ilova yaratiladi.

2020 yil 1 noyabrga qadar barcha suv omborlari va gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamlik holatini baholash bo`yicha ekspress uslubiyot ishlab chiqiladi.

Qaror bilan Respublikada seysmik xavfsizlikni ta`minlash tizimini takomillashtirish dasturi qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar