Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi shtab a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda mutahassis muhim savollarga javob berdi.
Savol:
Virus mutasiyaga uchrashi kutilmokdami va yangi pandemiyaga olib kelishi mumkinmi?
- Rossiya Federasiyasi va xorijiy davlatlar biolog olimlari, kasallikni ikkinchi to`lqinini joriy yilning noyabrlarida kuzatilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.
Qaysidir manbada virusning mutasiyasi kasallikni engil kechuvini keltirib chiqaradi deb hisoblasa, qaysidir olimlar mutasiya virusni kasallik chaqiruvchi qobiliyatini yanada kuchaytiradi va og`irroq kechishi mumkin degan taxminiy g`oyalarni ilgari surmoqdalar.
Shaxsiy kuzatuvlar asosida aytish mumkinki, mazkur virus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko`radi, shunday muhitda u juda tez ko`payadi va tarqaladi hamda uning kasallik chaqirish xususiyati kuchayadi.
Issiq iqlim tarqaluvchanlikni kamaytiradi. Tarqaluvchanlik kamaygani sari virus yuklamasi kamayadi va kasallik engil kechishi kuzatiladi.