Minsk shahrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralari sharoitida ko`pming kishilik miting bo`lib o`tdi. Ular Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskiyni qo`llab-quvvatlashmoqda, deb xabar tarqatdi "RIA Novosti". Bu haqda UzA yozmoqda.
Tadbir Xalqlar do`stligi bog`ida mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlangan. Aksiyada ishtirok etish uchun kelgan odamlar navbatga turishga va tekshiruvdan o`tishiga to`g`ri keldi.
Xabarda aytilishicha, bog`da turli yoshdagi, jumladan, keksalar ham to`planishgan. Aksariyat ishtirokchilar muxolifat uchun an`anaga aylangan Evroittifoq bayrog`ini ushlab olishgan, shuningdek qo`llarida Belarus davlati bayrog`i ham bor.
Yig`ilganlar Tixanovskiyni ikki soatcha kutgan. Bu vaqtda sahnada musiqachilar va saylovoldi kompaniyasida hibsga olinganlarning yaqinlari chiqish qilishgan.
Inson huquqlari himoyachilari ommaviy tadbirda 34 mingdan ziyod odam to`planishganini aytmoqda.
Xabarda ta`kidlanishicha, Aksiya bo`lib o`tayotgan Xalqlar do`stligi bog`i hududida mobil aloqa hamda internet borasida jiddiy muammo yuzaga kelgan. Belarus prezidentligiga nomzod Andrey Dmitrievning ta`kidlashicha, hukumat agar mamlakat xavsizligiga tahdid paydo bo`lsa, internetni cheklashi mumkinligini ma`lum qilgan.
Svetlana Tixanovskiyning turmush o`rtog`i Sergey Tixanovskiyni saylovoldi kompaniyasi paytida qamoqqa olishgan edi. U bir nechta jinoiy ishlar bilan ayblanmoqda.
Avval Sergey Tixanovskiyning o`zi prezidentlik uchun saylovda ishtirok etishni mo`ljallagandi, biroq Markaziy Saylov Komissiyasi uni nomzod sifatida ro`yxatdan o`tkazmagani bois tashabbuskor guruh tomonidan uning rafiqasi nomzodi ilgari surildi.
Belarusning yangi prezidenti bo`lish uchun jami besh kishi kurash olib bormoqda. Ular safida amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko ham bor. U oltincha bor prezidentlikka nomzodini qo`ymoqda.
Saylovlar o`tkazilishi 9 avgustga mo`ljallangan.