AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatilmoqda: qator faoliyat turlariga individual tarzda ruxsat berildi

'Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatilmoqda: qator faoliyat turlariga individual tarzda ruxsat berildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 3 avgustidan boshlab Qashqadaryo viloyatida bir qator cheklovlar bekor qilinishi kutilayotgan edi. 

Shunga ko`ra, ayni paytda Qashqadaryo viloyati maxsus komissiyasining AXBOROTI e`lon qilindi.

Viloyatda koronavirus infeksiyasining tarqalishni oldini olish,  pandemiyaning ta`sirini yumshatish va oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash komissiyaning 2020 yil 25 iyuldagi 293-sonli yig`ilish bayoni bilan joriy qilingan cheklovlarga 3 avgustdan boshlab tuman (shahar) hokimlari, hududiy maxsus komissiya raislariga quyidagi vakolatlar beriladi:

*  o`z hududidagi buyum va qurilish mollari bozorlari, savdo, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlik sub`ektlariga faoliyatlarini davom ettirishga individual tarzda ruxsat beriladi (oldindan tadbirkorga karantin talablarini tushuntirish va kafolatini olish orqali);

bunda dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do`konlar, buyum bozorlari), sartaroshxona va go`zallik salonlariga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o`lchashni tashkil qilgan holda ishlash kafolati olinadi hamda jiddiy nazoart qilinadi.

*  karantin talablari va cheklovlariga rioya etmayotgan tashkilot va muassasalar, savdo va maishiy xizmat ob`ektlarini belgilangan tartibda hududiy maxsus komissiya qarori asosida to`xtatiladi;  

*  xizmat ko`rsatuvchi xodimlar shaxsiy himoya vositalari (tibbiy niqob va tibbiy qo`lqop)dan foydalanib va ijtimoiy masofani (2 metr) saqlagan holda xizmat ko`rsatadi;

*  epedimiologik holatdan kelib chiqib, joriy qilingan karantin talablarini yumshatish (postlarni kamaytirish, aniq vaqt uchun cheklov o`rnatish va boshqalar) bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;

*  dezinfeksiya tadbirlariga birlamchi tibbiy bilimga ega bo`lgan ishsiz fuqarolarni, jamoat ishlari jamg`armasi mablag`lari hisobidan shartnoma asosida ishga qabul qilish tashkil qilinadi.

Shuningdek, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi, viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, tuman (shahar)lar hokimlari quyidagi nazorat ishlarini olib boradi:

*  tadbirkorlar tomonidan savdo majmualari va do`konlarda sanitariya-gigiena talablarini buzgan sotuvchilarga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasiga (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) muvofiq javobgarlikka tortilishi bo`yicha tushuntirish va targ`ibot ishlari olib boriladi;

*  oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar, shuningdek, birinchi navbatdagi zarur mahsulotlarning narxlarini asossiz ravishda ko`tarilishining oldini olish choralari ko`riladi.  

 

    Boshqa yangiliklar