AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonlik jurnalistlarning telefonlari qaytarib berildi

'Qoraqalpog`istonlik jurnalistlarning telefonlari qaytarib berildi'ning rasmi

25 iyulda «Repost.uz» hamda boshqa bir qator nashrlar tomonidan Qoraqalpog`iston Jo`qorg`i Kengesi raisi, O`zbekiston Senati raisi o`rinbosari Musa Erniyazov vafot etgani haqida yanglish xabar tarqatilgandi. Keyin bu xabarlar rad etilib, bu haqda rasmiylar munosabat bildirdi

So`ng ushbu nashrlarning jurnalistlari feyk tarqatilgani uchun uzr so`rashdi, shuningdek, har uchala jurnalistning ham mobil telefonlari guvohlar ishtirokida konvertga solinib, noutbuklari olib qo`yilgani aytildi.

30 iyulda esa Musa Erniyazovning ahvoli og`irlashib sun`iy nafas olish apparatiga ulangani ma`lum bo`ldi. Bugun 31 iyulda Qoraqalpog`iston Jo`qorg`i Kengesi raisi, Oliy Majlis Senati raisi o`rinbosari Musa Erniyazov 73 yoshida vafot etgani xabar qilindi.

«Makan.uz» nashri yozishicha, voqeadan 3-4 kun o`tib, 29 iyul kuni Nukus shahar IIB tomonidan jurnalist va blogerlarning ish qurollari qaytarib berilgan.
 

    Boshqa yangiliklar