AsosiySOG'LIK

Antibakterial dezinfeksiya vositalari salomatlik uchun zararmi?

Dezinfeksiya vositalari maishiy uylar va ofislarda yuzalarni tozalash va zarasizlantirish...

'Antibakterial dezinfeksiya vositalari salomatlik uchun zararmi?'ning rasmi

Dezinfeksiya vositalari maishiy uylar va ofislarda yuzalarni tozalash va zarasizlantirish uchun mo`ljallangan.

Stol va stullar, eshik tutqichlari va deraza romlarini zarasizlantirish uchun dezinfeksiya eritmalarga gipoxlorid natriy va faol xlor qo`shiladi.  Ko`pchilikda xlor tarkibli moddalarga allergiya bor, bunday vaziyatlarda  to`g`ridan-to`g`ri ta`sirdan, ya`ni teri va shilliq pardalarga tegishdan saqlanish kerak.Agar himoyasiz teriga juda ko`p miqdorda bunday antiseptik vositalar sepilaversa, albatta, teriga shikast etkazishi mumkin.

Buni AOKA huzuridagi brifingda "Dezinfeksiya vositasi inson salomatligiga qanday xavf tug`diradi?" degan savolga javob berar ekan, Koronavirusga qarshi shtab a`zosi Sevara Ubaydullaeva ham tasdiqladi. 

Uning aytishicha dezinfeksiyalovchi gellarni qo`lqopga sepish kerak, tibbiyot muassasalarida esa himoyalanish uchun qo`lqop, niqob va zarur holatda ko`zoynak ham taqish va ularni tez-tez almashtirish va dezinfeksiyalash talab etiladi..

    Boshqa yangiliklar