Eronda koronavirusga chalinganlar soni 300 mingga etdi. Bu haqdan rasmiy manbalarga tayanib Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Mamlakat rasmiylari Eronda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida 19 fevralda birinchi marta e`lon qilishgandi. Shu kundan beri kasallanganlarning umumiy soni 301 530 ga, qurbonlar soni esa 16 569 ga etgan.
Ayni paytda, Eronda koronavirusdan tuzalib ketganlar soni kamida 261 200 nafarni tashkil etmoqda.