AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston SSV Musa Erniyazovning o`limi sababini ma`lum qildi

'Qoraqalpog`iston SSV Musa Erniyazovning o`limi sababini ma`lum qildi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, kecha, 31 iyul kuni taniqli davlat va jamoat arbobi, O`zbekiston Qahramoni, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o`rinbosari Erniyazov Musa Tajetdinovich 73 yoshida vafot etdi. Ayni paytda Qoraqalpog`iston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi Musa Erniyazov o`tkir nafas olish va yurak-qon tomir etishmovchiligidan vafot etganini ma`lum qildi.

Keltirilishicha, joriy yilning 30 iyun kuni Musa ErniyazovVohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Nukus filialiga olib borilgan. Kasallikning kuchayib borayotgani tufayli og`ir ahvolda reanimasiya bo`limiga yotqizilgan. Bemorga ikki tomonlama interstisial pnevmoniya, og`ir konvulsiyalar tashxisi qo`yilgan. Kasallik o`tkir nafas olish buzilishi sindromining asoratlari, o`tkir nafas etishmovchiligi bilan birga kechgan.

Shuningdek, uzoq yillardan buyon diabet, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari bilan og`rigan. Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o`tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og`irlashib, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

Eslatib o`tamiz, 18 iyul kuni Musa Erniyazovning koronavirusga chalingani xabar qilingan edi. 25 iyul kuni esa uning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. ma`lumotlar rad etildi

Bir necha kun avval esa, brifingda Musa Erniyazovning ahvoli og`ir deb baholanayotgani haqida ma`lum qilingan edi.

 

    Boshqa yangiliklar