Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti nattog`i koronavirus va mavsumiy gripp xastaligi o`rtasidagi farqqa to`xtalib, koronavirus fasl o`zarishi bilan yanada kuchayishi va og`irroq kechishi to`g`risida ogohlantirdi. Bu haqda shifokor, farmasevt, bloger Abdulazizxon Akramov shaxsiy blogida xabar qildi.
Royterz axborot agentligining xabar qilishicha, kecha JSST nattog`i Margaret Haris Jenevada o`tkazilgan yig`ilishda dunyo aholisi hali ham fasllar haqida o`ylashadi, ammo shuni yodda tutishimiz lozimki, korona yangi virus bo`lib boshqacharoq ta`sir o`tkaza boshlaydi deya ta`kidladi.
Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti nattog`i koronavirus ta`siri mavsumiy grippdan farq qiladi va fasllar o`zgarishi bilan nobud bo`lmaydi va gripp xastligining aksicha fasllarga bog`liq emas. Bu virus tarqalishi xuddi buyuk bir to`lqin dek gohida ko`payib gohida kamayadi deb qo`shimcha qildi.






