Rossiyada koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinaning klinik sinovi yakunlandi. Ommaviy vaksinasiyani shu yilning oktyabr oyida o`tkazish rejalashtirilgan.
Vaksina Gamaley nomidagi markaz tomonidan ishlab chiqildi. Bu haqda RF Sog`liqni saqlash vaziri Mixail Murashko ma`lum qildi.
Vazirning so`zlariga ko`ra, hozirda vaksinani ro`yxatdan o`tkazish uchun hujjatlar paketi tayyorlanmoqda. Shundan keyin xavf guruhidagi odamlarda, xususan, shifokorlar va o`qituvchilarda cheklangan sinovi boshlanadi.
Uning qo`shimcha qilishicha, “Vektor” virusologiya va biotexnologiya ilmiy markazida ishlab chiqilgan yana bir vaksina klinik tadqiqotlar jarayonida.






