1

Koronavirus pandemiyasi yana qancha davom etishi ma`lum qilindi

Dunyo 02.08.2020, 11:11
Koronavirus pandemiyasi yana qancha davom etishi ma`lum qilindi

Kuni kecha JSSTning favqulodda qo`mitasi yig`ilishida pandemiya xalqaro ahamiyatga ega alohida vaziyat bo`lib qolyapti, degan xulosaga kelishdi va koronavirus epidemiyasi «yana uzoq» davom etishini ma`lum qildi.

Mutaxassislar JSST va uning hamkorlariga koronavirusga qarshi kurashishdagi sa`y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi.

Tashkilotning favqulodda qo`mitasida ushbu muammoni hal etishda kuchlarni birlashtirish zarurligi ta`kidlandi hamda yoshlar kasallik tarqalishining oldini olishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga chaqirildi.

Ekspertlar pandemiya bilan bog`liq vaziyatga yana uch oydan so`ng baho beradigan bo`lishdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, dunyo bo`yicha 17,3 million kishi koronavirusga chalingan, ulardan 675 ming nafari vafot etdi. O`tgan bir kecha-kunduzda 289 ming kishiga COVID-19 tashxisi qo`yildi, olti ming nafari hayotdan ko`z yumgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1