JAMA pediatriya tomonidan olib borilgan tadqiqotda aytilishicha, besh yoshdan kichik bo`lgan bolalarning burnida kattaroq bo`lgan bolalar va kattalarga nisbatan 10 baravardan 100 baravargacha ko`proq bo`lgan koronavirusning genetik materiali mavjud bo`ladi. Bu esa yosh bolalar odamlar orasida koronavirus tarqalishida muhim ishtirokchi ekanliklarini anglatadi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.
Tadqiqotchilar 23 martdan 27 aprelgacha bo`lgan davr oralig`ida AQShning Chikago shahrida 145 kishining burnidan namunalar olishgan. Bu bemorlarda koronavirus bir hafta oldin boshlangan va ularda kasallik engil hamda o`rta darajadagi kechayotgan bo`lgan.
Ann vs Robert H.Lurie nomli bolalar kasalxonasi shifokori Taylor Held-Sergent boshchiligidagi olimlar jamoasi tomonidan olib borilgan mazkur tadqiqotda bemorlar uch guruhga ajratilib, ularning 46 nafari besh yoshdan kichik, 51 nafari besh yoshdan o`n etti yoshlar oralig`ida va qolgan 48 nafari o`n sakkiz yoshdan oltmish besh yoshgacha bo`lganlardir. O`rganishlardan shu narsa ma`lum bo`ldiki, besh yoshdan kichik bo`lgan bolalarning yuqori nafas olish yo`lida boshqa yoshdagi bemorlarga nisbatan 10 baravardan 100 baravargacha ko`proq miqdorda COVID-19 asoratlari aniqlangan.
“Shuning uchun bolalar aholi orasida COVID-19 tarqatuvchi asosiy shaxslar bo`lishi mumkin. Yosh bolalarning odatlari, maktab hamda bog`chalarda bir birlariga yaqin kontaktda bo`lishlari bu yosh toifasi orasida COVID-19 tarqalishi borasidagi xavfni oshiradi” deb yozgan tadqiqot mualliflari.
Ushbu yangi topilmalar ekspertlar tomonidan hozirda ilgari surilayotgan virusga chalingan yosh bolalarning undan jiddiy aziyat chekmasliklari va uni boshqalarga tarqatishlari ehtimoli juda kam ekanligi haqidagi fikrlarga mutlaqo ziddir.
Lekin, bu borada hali etarli darajada ko`p o`rganishlar olib borilganicha yo`q.
Yaqinda Janubiy Koreyada o`tkazilgan tadqiqotda aniqlanishicha, 10-19 yoshlar oralig`idagi bolalar katta odamlar bilan bir xil miqdorda virusni tarqatganlar. Lekin, 9 yoshdan kichik bolalar virusni kattalarga qaraganda kamroq tashiganlar.






