1

Mikrobiolog olim: "Emlash va vaksina sotish masalasi allaqachon siyosiy o`yinga aylanib ketdi. Hozircha emlanmaslik kerak"

Dunyo 02.08.2020, 17:28
Mikrobiolog olim: "Emlash va vaksina sotish masalasi allaqachon siyosiy o`yinga aylanib ketdi. Hozircha emlanmaslik kerak"

Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Vitaliy Zverevning aytishicha, koronavirusga qarshi hozircha emlanmaslik kerak. U o`zining Rossiya Jamoatchilik yangiliklar xizmatiga bergan intervyusida vaksinani rad etishga asos bo`ladigan sabablarni keltirgan

“Yo`q, hozir vaksina haqida gap bo`lishi ham mumkin emas. Birinchi navbatda u vaksinaning ta`siri, keyin inson hayoti uchun xavfsiz ekanligi isbotlanishi kerak. Eng muhimi, virusga qarshi immunitet davomiyligi aniqlanishi lozim. Hozircha bu haqda hech qanday isbotlangan ma`lumot yo`q ekan, emlashni boshlash noto`g`ri”, dedi virusolog.

Uning so`zlariga qaraganda, koronavirusga qarshi vaksinalar to`g`risida bir necha yildan keyin tugal fikr yuritish mumkin. Hozir sinovdan o`tayotgan vaksinalar muvaffaqiyatli yakunlanib, hammasi joyida bo`lgan taqdirda ham 2021 yilning oxiriga kelibgina tayyor bo`ladi. Bu muddat yana cho`zilishi ham mumkin.

 “Infeksiya u qadar qo`rqinchlimas, o`lim ko`rsatkichlari ham vahimali darajada katta emas. Menimcha, emlash bilan bog`liq vaziyat allaqachon siyosiy o`yinga aylanib ketdi va uning koronavirus bilan kurashga aloqasi yo`q”, deb xulosa qildi akademik.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1