1

Ukrainalik shaxs uchinchi marta koronavirusga chalindi

Dunyo 02.08.2020, 19:22
Ukrainalik shaxs uchinchi marta koronavirusga chalindi

Qayta-qayta uch marta koronavirusga chalingan bemor haqida eshitmagan bo`lsangiz kerak.

Ukrainaning Ternopol viloyatida yashovchi fuqaro uchinchi marta COVID-19 yuqtirib oldi. kasallanib qoldi. Bu haqda Ternopol viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Vladimir Bogaychuk ma`lum qildi.

«Oramizda uchinchi marta kasallikka chalingan bemorlar ham bor. Shuni tushunishimiz kerakki, hatto, koronavirus infeksiyasidan davolanib chiqqan bo`lsak ham, bu bizning qayta kasallanib qolmasligimizga kafolat bermaydi», — deya rasmiyning so`zlarini keltirgan mahalliy «Ternopolyane» nashriga tayanib rbs.ru.

Eslatib o`tamiz, shu yilning mart oyi o`rtalarida koronavirus pandemiyasi sababli mamlakat hukumati uch haftalik karantin e`lon qilgan edi. Shu bilan birga joylarda 200 nafardan ortiq kishi to`plangan tadbirlarni o`tkazish taqiqlangandi. Sport musobaqalarini esa tomoshabinlarsiz o`tkazishga ruxsat berilgan. Shuningdek o`quv muassasalarni ham 3 haftaga yopishgan.

Iyun oyi o`rtalarida esa koronavirusning ikkinchi to`lqini haqida xabar berilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1