1

To`rt mamlakatda yuzlab odamlarga Xitoydan pochta orqali sirli urug`lar keldi

Dunyo 02.08.2020, 19:43
To`rt mamlakatda yuzlab odamlarga Xitoydan pochta orqali sirli urug`lar keldi

AQSh, Portugaliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya aholisidan yuzlab odamlarga pochta orqali ichida urug`lar bo`lgan paketlar keldi. Ular Xitoydan jo`natilganligi yozilgan, deb xabar berdi iz.ru. 

Ma`lum bo`lishicha, kichik shaffof paketchalarga joylangan qora va oq urug`lar qadog`iga ularning o`yinchoq yoki bijuteriya ekanligi, oluvchilarning aniq manzili va ism-sharifi yozilgan.

Birgina Floridada 600dan ortiq kishi ana shunday jo`natma olgan, bunday holatlar 12ta shtatda sodir bo`lgani aytilmoqda. Buyuk Britaniyada ham yuzdan ortiq kishi ana shunday jo`natmalarni qabul qilib olgan. 

Bundan tashqari, Yangi Zelandiya va Portugaliyada ham Xitoydan pochta orqali urug` kelishi holatlari kuzatildi.

Ayrim mamlakatlarda bu borada surishtiruv boshlangan. Xitoy hukumati esa pochta stikerlari qalbaki ekanligini aytmoqda va tekshiruv o`tkazish uchun AQSh pochta xizmatidan ushbu jo`natmalardan namuna berishni so`ramoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1