1

Rossiya poytaxtida bemorlar kamayib, shifoxonalar bo`shab qolmoqda

Dunyo 03.08.2020, 00:01
Rossiya poytaxtida bemorlar kamayib, shifoxonalar bo`shab qolmoqda

Bugungi kunda Moskva shahrida epidemiologik holat barqarorlashmoqda. Jumladan keyingi kunlarda koronavirus infeksiyasiga chalinish hollari 0,26% foizni tashkil qildi. Bu haqda bugun 2 avgustda, Moskva koronavirus bilan bog`liq vaziyatni nazorat qilish bo`yicha maxsus shtabga tayanib, iz.ru xabar berdi.

Shaharda stasionardan tashqari pnevmoniya holatlari ham ikki baravarga kamaygan. Ayni paytda shifoxonalardagi COVID-19 va pnevmoniya holatlari uchun tayyorlab qo`yilgan 10819 ta o`rindan 69,4 foizi bo`shab qolgan. So`nggi haftaning o`zida ularning 20 foizi sog`aygan bemorlar hisobiga bo`shatildi.

Shahardagi 3 ta o`z yo`nalishini o`zgartirib, koronavirus bemorlarini davolashga o`tgan shifoxona avvalgi faoliyati turiga qaytdi. Umumiy hisobda bugunga kelib o`zining avvalgi standart faoliyatiga qaytgan stasionarlar 23 nafarga etdi.  

Og`ir va o`ta og`ir bemorlar soni ham Moskva shahrida bir oy ichida 24 foizga kamaygan. Shaharda kunlik infeksiya qayd etish holatlari ham 10 marta kamaygani aytilmoqda.

Ma`lumot uchun: shu kungacha Moskva shahrida 242 713 fuqaro koronavirusga chalingan bo`lib, ularning 4485 nafari vafot etgan. 181 342 fuqaro esa sog`aygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1