Tengrinews.kz saytining 24.kz telekanaliga tayanib bergan ma`lumotiga ko`ra, Qozog`istonda ilk bor koronavirusga qarshi emlash ishlari Qozog`iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinasiya markazida o`tkazilayotgan sinovlar doirasida amalga oshirildi.
Qozoq milliy agrar universiteti qoshidagi Xalqaro vaksinologiya markazi rahbari Qaysar Tabinov vaksinani o`zida sinab ko`rish uchun qabul qilgan birinchi inson bo`ldi. Unga «COVAX-19» deb nomlangan dori yuborildi. Ushbu dori vositasi Avstraliyada ishlab chiqarilgan va u ayni paytda klinik sinovdan o`tkazilmoqda.
Ayni paytda mazkur mamlakatning o`zida ham COVID-19dan himoyalanish uchun vaksina yaratish ustida ishlar olib borilyapti va birinchi namunalar tayyor. Xabar berilishicha, bu boradagi klinik sinovlar tez orada boshlanadi.
Rossiya vaksinasini sinovdan o`tkazgandan so`ng, 100 foiz ko`ngillilarda immunitet kuzatilgan
20 dan ortiq davlatlar Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksinasiga qiziqish bildirgan va besh mamlakat uni ishlab chiqarishda ishtirok etishni rejalashtirishmoqda.






