AsosiyDunyo

50 yil ko`rishmagan opa-singillar koronavirusga rahmat aytishmoqda

'50 yil ko`rishmagan opa-singillar koronavirusga rahmat aytishmoqda'ning rasmi

Yangi O`zbekistonning yozishicha, 73 yoshli Doris Krippen virus bilan kasallanib, Fremont shahridagi reabilitasiya markaziga o`tkazilishi kerak bo`ladi.

O`sha markazda esa uning singlisi 53 yoshli Bev Boro necha yillardan beri ishlayotgan bo`ladi. Bev bemorlar ro`yxatida Krippen familiyasini o`qib, uning qarindoshlaridan biri bo`lishi mumkinligini o`ylaydi va qidirib topadi. Qarasaki, u o`zining tug`ishgan opasi bo`lib chiqadi.

“Bu Allohning mo``jizasi. U meni bu erga jo`natdi. Agar u bu erga kelishni nasib qilmaganida, men singlimni hech qachon topa olmasdim”, deydi Krippen jurnalistlarga bergan intervyusida.

Nashrning xabariga ko`ra, opa-singil 50 yil bir-birini ko`rmagan. Ularning otasi bir, onasi boshqa. Shuning uchun ham ularning boshqa uka va singillari bor. Opa-singil bir-birini topishga ko`p bora harakat qilgan. Lekin ularning urinishlari besamar ketgan. Ular hozir koronavirusga rahmat aytishmoqda!

 

    Boshqa yangiliklar