AsosiyJAMIYAT

Pandemiyada vafot etgan insonlarning dafn marosimlarini qanday o`tkazish lozim? (video)

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a`zosi Mirzamaqsud Alimov pandemiya sha...

'Pandemiyada vafot etgan insonlarning dafn marosimlarini qanday o`tkazish lozim?  (video)'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi a`zosi Mirzamaqsud Alimov pandemiya sharoitida dafn marosimini o`tkazish tartibi bo`yicha ma`lumot berdi.

 

Unga ko`ra, 

«Shuni bilishimiz kerakki, ommaviy dafn marosimlari – virus tarqalishi uchun qulay fursatdir. Zinxor, dafn marosimlarida ko`pchilik yig`ilmasligi lozim. Dafnga kelganlar ijtimoiy masofa – 1,5 metr oraliqni saqlashlari kerak. Tibbiy niqob va qo`lqop taqishlari, antiseptik vositalar bilan qo`llarini tozalab turishlari kerak. O`zaro ko`rishishni vaqtincha tark etish muhim.

Mayit tibbiy xavfsizlik choralari ko`rilgan holda yuvilishi lozim. Ya`ni g`assol niqob va qo`lqopda bo`lishi kerak. G`uslda ishlatilgan barcha narsalar yoqib yuborilishi, chelak va boshqa asboblar xlor kabi vositalar bilan dezinfeksiya qilinishi hamda 5-6 soatga quyosh ostida quritilishi kerak.

Agar mayit tibbiy xodimlar tomonidan maxsus matolar bilan o`rab qo`yilgan bo`lsa, ularni tibbiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan ochish mumkin emas. Bunda mayitni qayta g`usl qilish shart bo`lmaydi.

Janoza namozi uzog`i bilan 5-7 daqiqa davom etishi lozim. Janozada sog`ligi zaif, keksalar va yosh bolalar ishtirok etmasliklari kerak. Qatnashuvchilar ijtimoiy masofani saqlashlari muhim. Tibbiyot xodimlari mayitni qabristonga olib kelishgan bo`lsa, janoza o`sha joyda ado etilishi kerak.

Dafn marosimi odatdagidek amalga oshiriladi. Unda ham iloji boricha kam odam ishtirok etishi lozim. Dafndan so`ng qabristondan tezda uyga qaytib, poklanish choralarini ko`rish lozim. Ma`rakalarni faqatgina oila davrasida o`tkazish tavsiya etiladi».

 

    Boshqa yangiliklar