«O`zbekiston havo yo`llari» “Sochi” aeroportiga xalqaro reys amalga oshiruvchi eng punktual aviakompaniya deb tan olindi.
«Bazel Aero» aviasiyasi xoldingi - «Sochi», «Krasnodar», «Anapa» va «Gelenjik» aeroportlari operatorlari ushbu havo bandargohlariga reys amalga oshiradigan eng tartibli aviakompaniyalarni aniqlashdi.
O`zbekiston milliy aviakompaniyasi “Sochi” aeroportiga parvoz amalga oshiradigan eng tartib va intizomli aviatashuvchi deb topildi.
«Bazel Aero» kompaniyasi Krasnodar o`lkasida yozgi mavsumda aviatashuvlarni rivojlanishga hissa qo`shganligi uchun «O`zbekiston havo yo`llari» MAKni maqtov yorlig`i bilan taqdirladi.





