Avgustning ilk haftasi quruq va issiq bo`lishi va`da qilinmoqda

Jamiyat 03.08.2020, 22:06
Avgustning ilk haftasi quruq va issiq bo`lishi va`da qilinmoqda

Iyul oyining oxiri va avgustning ilk kunlarida kuzatilgan yomg`irli va past haroratli qisqa muddatli davrdan so`ng shu hafta boshidan respublikamizda ob-havo yana quruq, asosan kam bulutli va issiq bo`ladi. Kechasi harorat 20-23 daraja atrofida, kunduzi 36-39 darajagacha ko`tariladi. Bunday ob-havo odatda avgust oyining birinchi yarmida kuzatiladi.

Faqat mamlakatimizning shimoliy hududlari Volgabo`yi ustida shakllangan balandlikdagi siklon bilan bog`liq bo`lgan nam va salqin havo oqimi ta`sirida bo`ladi. Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida bulutlilik ortadi, 4-5 avgustda shamolning tezligi 15m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat bu hududlarda 30-33 daraja atrofida bo`ladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1