1

Prezident Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musevga muhim topshiriq berdi

Siyosat 04.08.2020, 19:15
Prezident Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musevga muhim topshiriq berdi

Avval xabar qilganimizdek, ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda. Tadbirda bugun O`zbekiston bo`ylab koronavirus pandemiyasini jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilinmoqda.

Xususan, Sog`liqni saqlash vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlari koronavirus va pnevmoniyani davolash bo`yicha har tomonlama tayyor bo`lishi, har bir bemorga kerakli tibbiy yordam ko`rsatilishi, ularning holatidan kelib chiqib shifoxonaga yotqizilishi va davolanishi uchun shaxsan javobgar bo`lishi qayd etildi.

Joylardagi birlamchi tibbiy xizmat ko`rsatish tizimi ishini yanada jonlantirish kerakligi ta`kidlandi.

Misol uchun, poytaxtimizda “oilaviy poliklinika – mobil brigadalar – maxsus poliklinikalar – “103” tez yordam xizmati” tizimining uzviy ishlashini ta`minlash hisobiga bir haftada sog`ayganlar ulushini 45 foizdan 58 foizga oshirishga erishildi.

Shu munosabat bilan, Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaevga hokimliklar va sektor rahbarlari bilan birga bir hafta muddatda “Toshkent shahri tajribasi” negizida hududlarda simptomsiz bemorlarni o`z uyida mobil tibbiy guruhlar yordamida ularning ko`mak va tavsiyalari asosida davolash tizimining joriy etilishini yakunlash vazifasi yuklatildi.

Yaqin daqiqalar ichida ko`rilayotgan boshqa chora-tadbirlar va joriy etilayotgan yangi tartiblar yuzasidan xabarlarni berib boramiz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1