AsosiyJamiyat

VII ijtimoiy media mahsulotlar milliy festivali g`oliblari aniqlandi

Toshkentda VII ijtimoiy media mahsulotlar milliy festivali bo`lib o`tdi. 

Tadbir O`zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi mablag`larini boshqarish bo`yicha Parlament komissiyasi, O`zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda YuNESKO, EXHT, Konrad Adenauer jamg`armasining mamlakatimizdagi vakolatxonalari hamkorligida tashkil etildi. 

Joriy yilda festival g`oliblari quyidagi 5 ta nominasiya bo`yicha aniqlandi:

  1. «Keksalarni e`zozlash yili»ga bag`ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
  2. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi masalalarini yoritgan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
  3. Zararli odatlarga qarshi kurashga va sog`lom turmush tarziga da`vat etishga yo`naltirilgan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
  4. Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishga va ma`naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy rolik.
  5. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi muammolariga bag`ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik.

Joriy yilda ijodkor guruhlar tomonidan 400 ta ijtimoiy rolik tayyorlangan bo`lib, ushbu roliklar nodavlat teleradiostansiyalar va kabel studiyalari orqali efirga uzatilmoqda. 

Ijtimoiy media-mahsulotlar VII Milliy festivaliga poytaxtdagi va hududiy telestansiyalar ijodkorlari tomonidan 300dan ortiq tele- va radioroliklar taqdim etildi. 

An`anaviy media mahsulotlari festivali ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni qo`llab-quvvatlash, tizimda sog`lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Muhimi, bu orqali sohaga kirib kelayotgan yoshlar qo`llab-quvvatlanib, ularning malaka va mahorati oshirilayotir. 
G`oliblar tanlov tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandi. 

    Boshqa yangiliklar