Bir hafta muddatda vaksinani xarid qilish va aholini emlash yo`llarini puxta o`rganib chiqish topshirig`i berildi

Siyosat 04.08.2020, 19:40
Bir hafta muddatda vaksinani xarid qilish va aholini emlash yo`llarini puxta o`rganib chiqish topshirig`i berildi

Avval xabar qilganimizdek, ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoev navbatdagi videoselektor yig`ilishi o`tkazmoqda. Tadbirda bugun O`zbekiston bo`ylab koronavirus pandemiyasini jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar chuqur tahlil qilinmoqda.

Shavkat Mirziyoev ta`kidlanidek, har bir og`ir bemorni davolash taktikasi bo`yicha yurtimiz va xorijdagi malakali mutaxassislar bilan videoaloqa orqali maslahat berish tizimini muntazam ravishda unumli ishlatish maqsadga muvofiq.

Ma`lumki, bugun qator mamlakatlar sog`liqni saqlash va farmasevtika tizimlarida koronavirus davosini topish yo`lida tinimsiz izlanishlar olib borilmoqda. Misol uchun, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmasevtika kompaniyalari yaqin vaqt ichida vaksina ishlab chiqarishni boshlashi haqida xabar qilinyapti.

Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaevga bir hafta muddatda etakchi olimlar va tajribali shifokorlar bilan maslahatlashgan holda, vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisi vaksinasiyasini amalga oshirish yo`llarini puxta o`rganib chiqish topshirig`i berildi.

Mavzuga doir:

Prezident Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaevga muhim topshiriq berdi

Kichik shifoxonalar o`z profiliga muvofiq boshqa turdagi kasallarni davolashga qaytariladi — Prezident

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1