Avval xabar berganimizdek, Livan poytaxti Bayrutda 4 avgust kechki payt juda kuchli portlash sodir bo`ldi. Bu falokatda minglab binolar va yuzlab insonlar jabr ko`rgani aytilmoqda. Qurbonlarning aniq soni hozircha ma`lum emas. Video:
Hozirda shaharda qutqaruvchilar va shifokorlar portlash hududida bo`lgan yordamga muxtoj kishilarga tezkor yordam ko`rsatishmoqda. Bayrut shifoxonalari jarohatlanganlar bilan to`lib ketgan. Har daqiqada "Tez yordam" mashinalarida vayronalar ostidan olib chiqilgan yaradorlar olib kelinmoqda.
Bayrut gubernatori Marvan Abbud yuz bergan hodisani 1945 yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlanganiga qiyosladi. Shaharlik aholi vakillari esa buni kuchli zilzila deb o`ylashgan.
Bayrutda joylashgan bir qator mamlakatlarning diplomatik korpuslari ham zararlangani ma`lum bo`ldi. Jumladan Qozog`iston elchixonasi binosi qisman zarar ko`rgan. Video:
Shuningdek Rossiya elchixonasi binosi ham portlash sodir bo`lgan hudud episentrida bo`lgani uchun binoga zarar etgan va diplomatik korpus xodimlaridan biri, ayol qishi engil jarohatlangan. Unga birinchi yordam ko`rsatilgan. Bu haqda tvzvezda.ru ga Rossiyaning Livandagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Lebedev ma`lum qilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, 5 avgust Livanda portlash qurbonlari va ularning yaqinlariga hamdardlik sifatida motam kuni deb e`lon qilindi.






