Vetnam koronavirus infeksiyasini jilovlagan va aholi o`rtasida tarqalishini batamom to`xtata olgan sanoqli davlatlardan biri hioblanadi.
«Vetnamda kasallik tarqalishini nazoratga olish tizimi mavjud. Ana shuni biz hamma davlatlarda ko`rishni istardik», -dedi JSSTning favqulodda kasalliklar bo`limi texnik guruh rahbari Mariya Van Kerkxove va u Vetnam hukumatini koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo`yicha harakatlarini yuqori baholab, mamlakatni boshqa davlatlarga namuna qilib ko`rsatdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, oradan 3 oy o`tib Danang shahrida infeksiya yana paydo bo`ldi va 31 iyul kuni Vetnamda pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusdan birinchi o`lim holati qayd etildi.
Lekin Vetnamda koronavirus tarqalishining yangi o`chog`iga aylangan Danang shahri aholisini ommaviy ravishda, taxminan 1,1 million kishini COVID-19ga test tekshiruvidan o`tkazishni boshlagan.