1

Dunyoda COVID-19dan har 15 daqiqada bir kishi vafot etmoqda

Dunyo 05.08.2020, 15:34
Dunyoda COVID-19dan har 15 daqiqada bir kishi vafot etmoqda

Hozirda AQSh, Braziliya, Hindiston va Meksika eng ko`p o`lim qayd etilgan mamlakatlar bo`lib turibdi.

Agentligining hisobiga ko`ra, dunyo bo`ylab har kuni o`rtacha 5900 kishi koronavirus qurboniga aylanmoqda. Bu COVID-19 har soatda 247 kishini yoki har 15 daqiqada bir kishini hayotdan olib ketayotganini anglatadi.

330 million kishining vatani hisoblangan AQSh dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri bo`lishiga qaramay virusdan jiddiy zarar ko`rmoqda. AQSh hukumatining infeksion kasalliklar bo`yicha bosh eksperti Antoni Fauchining dushanba kuni aytgan so`zlariga ko`ra, mamlakatdagi virus keng tarqalgan shtatlar karantin cheklovlarini qayta joriy qilish haqida bosh qotirishlari lozim. Fauchi kuzgi grip mavsumiga qadar koronavirusga chalinish hollarini kamaytirish kerakligiga urg`u bergan.

Dunyoning ba`zi qismlarida koronavirus tarqalishi to`xtatilgandek ko`ringan bo`lsada, shu kunlarda ko`plab mamlakatlarda koronavirusga chalinish bo`yicha kunlik rekordlar yangilanmoqda. Bu esa ko`rinmas dushman bilan kurash hali beri tugamasligini ko`rsatmoqda.

Misol uchun, Avstraliya, Yaponiya, Gongkong, Boliviya, Sudan, Efiopiya, Bolgariya, Belgiya, O`zbekiston va Isroilda so`nggi kunlarda koronavirusni yuqtirib olganlarning soni rekord darajada ko`paygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1