AsosiyDunyo

98 yoshli juftlik 70 yildan so`ng to`ylarini qayta nishonlashdi

Xitoylik 98 yoshga kirgan chol va kampir turmush qurishganiga 70 yil to`lishi munosabati bilan to`y marosimi o`tkazishdi. Bu haqda “uznayvse.ru” xabar bermoqda.

Sao Yuexua va Van Dei mamlakat janubiy-g`arbida joylashgan istirohat bog`iga kelishdi. 1945 yilda aynan shu maskanda  ularning to`yi bo`lib o`tgandi. 98 yoshli chol va kampirga ularning farzandlari yaqindan yordam berishdi. Ularning farzandlarining eng kichigi 60 yoshda.

“Ular juda uzoq muddat birga hayot kechirishdi. Ammo sevgi hissi ota-onamizni bir on ham tark etmadi. Urush paytida otam onamni yolg`iz qoldirib urushga ketgan. Hamma qiyinchiliklarga qaramay, ular bir-birlarini qo`llab –quvvatladi. Keksalik tufayli ular sevgi tarixidagi hamma detallarni eslay olmaydi. Ammo urush paytida bir-biriga yozgan she`rlarini bizga o`qib beradi”, – deydi ularning farzandlari.  

    Boshqa yangiliklar