Bir haftada O`zbekistonga 5899 dona kislorod konsentratori keltirilgan

Jamiyat 05.08.2020, 17:18
Bir haftada O`zbekistonga 5899 dona kislorod konsentratori keltirilgan

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Davlat bojxona qo`mitasi boshqarma boshlig`i Farhod Olimjonov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qilindi.

 Sun`iy nafas oldirish apparatlari 2020 yil 31 dekabrga qadar bojxona boji va aksiz solig`idan ozod qilingan.

2020 yil 1 oktyabrga qadar kislorod konsentratorlari import qilingan taqdirda davlat ro`yxatidan o`tkazilmasdan hamda majburiy sertifikasiyalashtirmasdan bojxona rasmiylashtiruvidan o`tkaziladi.  

Prezidentimizning 2020 yil 19 martdagi 5969-son farmoni bilan yuklarni chegara-bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o`tkazish, ularni uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvi, shuningdek, eksport-import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlar berilishini tezlashtirish maqsadida tezkor shtab tashkil etildi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1