Taxtakashda «jonlangan» go`sht bo`lagi uy bekasini qo`rqitib yubordi (video)

Dunyo 05.08.2020, 23:39
Taxtakashda «jonlangan» go`sht bo`lagi uy bekasini qo`rqitib yubordi (video)

Taxtakashda qimirlay boshlagan go`sht bo`lagi tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketmoqda.

Rolik «Yo! Artist» taxallusli «Twitter» foydalanuvchisi tomonidan joylangan. Uning yozishiga qaraganda, onasi go`sht pishirmoqchi bo`lgan, biroq taxtakashga qo`ygan go`shtning qimirlay boshlaganini ko`rgach, qo`rqib ketgan va fikridan qaytgan.

Video 14 mingdan ortiq retvit, qariyb 21,5 mingta layk to`plagan.

Ko`pgina ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu rolikdan haqiqatan ham dahshatga tushishganini yozishgan. Ba`zilar esa buning hech qanday qo`rqinchli joyi yo`qligini ta`kidlashgan. Ularning so`zlariga ko`ra, hamma gap nerv tolalarida: ular yangi so`yilgan go`shtda ma`lum vaqtgacha harakatini davom ettiradi. Video: (tez orada shu erga joylanadi)

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1