Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres, pandemiya avj olgan paytda maktablar yopilishi sababli dunyo "avlodlar falokati"ga duch kelayotgani haqida ogohlantirdi va maktabni xavfsiz qayta tiklash "eng muhim vazifa" bo`lishi kerakligini ta`kidladi. Bu haqida The Guardian xabar qildi.
"Dunyoning qariyb 160 mamlakatida 1 milliarddan ortiq o`quvchilarga ta`sir ko`rsatgan maktablar yopilgan. Biz hozirgi paytda insoniyat potensialini bekor qiladigan, o`nlab yillar davom etgan taraqqiyotni buzadigan va tengsizlikni kuchaytiradigan avlod halokatiga duch kelmoqdamiz", dedi BMT Bosh kotibi Antonio Guterres.






