Kembrij xalqaro biografiya markazi akademik Boris Bondarenkoni 2008-2012 yillar oralig`idagi “Eng taniqli olimlar” ro`yxatiga kiritdi, deb xabar beradi “uz24.uz”.
Fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik va O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi Boris Anisimovich Bondarenko matematik tahlil va funksiyalar nazariyasi, matematik elastiklik nazariyasi bo`yicha 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.
Taniqli matematik olimning ismi Kembrij ro`yxatidan tashqari "The Golden Fund of Science of Uzbekistan" - "O`zbekiston ilm-fanining oltin fondi"ga ham kiritilgan.
“Eng taniqli olimlar 100 taligi” reytingiga ixtirolari dunyoni o`zgartirishga qodir bo`lgan olimlar kiritiladi.