“O`zavtosanoat” AK o`tib borayotgan yilning 9 oyi mobaynida 61 milliard so`m sof foyda ko`rgan, deb xabar beradi “nuz.uz”
Hozirgi kunda “O`zavtosanoat” AK tizimida to`rtta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ularning eng yirigi “GM Uzbekistan” yopiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. U “General Motors” kompaniyasi tomonidan 2008 yilning mart oyida tashkil etilgan. “O`zavtosanoat” AK mazkur korxonaning 75 foiz aksiyalariga egalik qiladi. Qolgan 25 foiz aksiyalar esa “General Motors” ga tegishli.
“GM Uzbekistan” tizimida uchta(Andijon, Xorazm va Toshkentdagi)zavod faoliyat yuritmoqda.
Matiz, Nexia, Cobalt, Lacetti, Spark kabi avtomobillar Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqariladi. Mazkur zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 250 mingta avtomobil ishlab chiqarishga mo`ljallangan.
Captiva va Malibu avtomobillari Toshkentdagi avtozavodda ishlab chiqariladi. Uning quvvati esa iyliga 10 imng avtomobil ishlab chiqarishga mo`ljallangan.
Xorazm viloyatidagi Pitnak avtozavodida Damas, Labo va Orlando avtomobillari yig`iladi. Zavod yiliga 40 mingta avtomobil ishlab chiqaradi.
“O`zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasining 60 ta mahalliy va chet davlatlarda 240 dan ortiq dilerlik tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.





