1

Bugundan boshlab Rossiyadagi chet ellik talabalar patentsiz ishlashi mumkin

Dunyo 06.08.2020, 14:46
Bugundan boshlab Rossiyadagi chet ellik talabalar patentsiz ishlashi mumkin

Rossiya Federasiyasi hududidagi kasbiy ta`lim muassasalari va oliy o`quv yurtlarining kunduzgi ta`lim yo`nalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ish bilan ta`minlash tartibini soddalashtiruvchi qonun Rossiya Federasiyasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 fevralda imzolangan edi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali yozmoqda. 

Mazkur hujjatga  muvofiq, 2020 yil 5 avgustdan boshlab Rossiyada tahsil olayotgan chet elliklar patent va ishlashga ruxsatnoma olmasdan ishlashi mumkin.  

Ilgari chet ellik talabalar ishlashga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat o`zlari ta`lim olayotgan universitetlarda, oliy o`quv yurtlari tomonidan ta`sis etilgan tashkilotlarda ishlashi mumkin edi.

️Eslatib o`tamiz, chet ellik talaba o`qishni tugatgan yoki o`qishni to`xtatgan taqdirda, ishlashni to`xtatish va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish/xizmatlarni ko`rsatish shartnomasini bekor qilish kerak.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1