1

Bir kunda ikkita mashina ichidan o`g`irlik qilgan Bulung`urlik yigit qo`lga olindi

Jinoyat 06.08.2020, 15:14
Bir kunda ikkita mashina ichidan o`g`irlik qilgan Bulung`urlik yigit qo`lga olindi

2020 yil 05 avgust kuni Bulung`ur tumani Sohibkor mahallasida yashovchi, 1991 y.t. N.B. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning 4 avgust kuni soat 22:30 larda Bulung`ur tumani Sohibkor mahallasi hududida o`zining “Damas” rusumli avtomashinasini qarovsiz qoldirgan vaqtida, noma`lum shaxs kalit tanlash yo`li bilan avtomashinasini ochib, mashina salonida bo`lgan 100.000 so`m pullarni va avtomashinani boshqarishga berilgan ishonchnoma hamda sug`urta polislarini yashirin ravishda talon-toroj qilganligini bayon qilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati yozmoqda.

Bundan tashqari, tuman IIBga Bulung`ur tumani Bedana mahallasida yashovchi 1996 y.t. S.A. ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 21:00 larda Bulung`ur tumani Sohibkor mahallasi hududida o`ziga tegishli bo`lgan “Damas” rusumli avtomashinani oynasini ochiq holatda qarovsiz qoldirib ketgan vaqtida, noma`lum shaxs avtomashina eshigini ochib, mashina salonida bo`lgan bahosi 1.600.000 so`mlik “Redmi-8” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilganligi, ushbu noma`lum shaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Bulung`ur tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, mazkur o`g`irlik Bulung`ur tumani Oqtosh mahallasida yashovchi 1987 y.t. R.S. tomonidan sodir qilinganligi aniqlanib, undan bir dona “Redmi-8” rusumli telefon apparati va 100.000 so`m pullar holislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Bulung`ur tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan shaxsiy mol-mulklarini qarovsiz qoldirmasliklarini so`raydi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1