AsosiyDunyo

CNN Obamani Venesuela Prezidenti etib tayinladi

Ispaniyadagi CNN telekanali AQSh Prezidenti Barak Obamaning  mamlakatga murojaatini translasiya qilayotgan paytda titrda “Barak Obama Venesuela Prezidenti ” yozuvi paydo bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari telekanal xatosini tezda payqab, suratga olgan va telekanal xodimlari yo`l qo`ygan xatolik keng muhokama qilingan.

Obama maxsus telemurojaatida San-Bernardino shahridagi otishmalarni “terakt” deb atadi va AQSh Kongressini “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi harbiy kuch ishlatishga rozilik berishga chaqirdi.  

AQSh Prezidenti shuningdek, terrorizmga aloqadorlikda gumonlanayotgan shaxslarga qurol sotishni cheklash zarurligini ham ma`lum qildi. 

    Boshqa yangiliklar