AsosiyJamiyat

5 yilda 5 millionga yaqin yangi ish o`rni yaratildi

Yangi korxonalarni ishga tushirish va faoliyat ko`rsatayotgan ob`ektlarni modernizasiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish  hisobidan  yurtimizda  faqat oxirgi 5 yilning o`zida 5 millionga yaqin yangi ish o`rni yaratildi. Bu haqda Prezident Islom Karimovning O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ta`kidlandi.

Shuningdek mamlakat rahbari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli o`zgarishlarning hal qiluvchi omili sifatida avvalo odamlarimizning ongu tafakkurida ro`y berayotgan tub o`zgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozisiyasi tobora o`sib borayotganini ta`kidladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar