1

Tramp "ayg`oqchi" ilovalarga qarshi urush boshladi

Dunyo 07.08.2020, 21:06
Tramp "ayg`oqchi" ilovalarga qarshi urush boshladi

AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok va WeChat ilovalarining “tahdidi”ga qarshi kurash bo`yicha farmonni imzoladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp “TikTok va WeChat ilovalari tahdidi”ga qarshi kurash to`g`risida farmonni imzoladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Yangi hujjat 45 kundan so`ng kuchga kiradi. Ular ByteDance va Tencent ilova ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan har qanday shartnomalarni tuzishga cheklov kiritadi.

Hujjatda TikTok va WeChat AQSh milliy xavfsizligi, iqtisodiyoti va siyosatiga tahdid sifatida ko`rsatilgan. Ta`kidlanishicha, bu ilovalar foydalanuvchi, shu jumladan u joylashgan joyi va qidirgan narsalar haqidagi ma`lumotlarni yig`adi.

"Bu Xitoyga federal xizmatchi va shartnoma ishchilari ishlaydigan joylarni kuzatib borish, shantaj qilish uchun shaxsiy ma`lumotlar asosida hujjatlar to`plamini yig`ish va sanoat josusliklarini amalga oshirishga imkonini beradi", - deyilgan hujjatda.

Ilgariroq, AQSh prezidenti Microsoft yoki Amerikaning boshqa kompaniyasi 15 sentyabrgacha TikTok’ni sotib olishi zarurligi, aks holda, ilova mamlakat hududida taqiqlanishi haqida aytgandi.

Microsoft ilovani sotib olish bo`yicha muzokaralar davom ettirishini tasdiqlagandi. Hozircha shartnoma narxi aniqlanmadi, ammo OAVlar taxminiga ko`ra, 10-30 milliard dollarni tashkil qilishi mumkin.

TikTok – Xitoyning ByteDance kompaniya tomonidan qisqa videolarni yaratish va ko`rish uchun mo`ljallangan ilova.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1