"Bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin" Koronavirusning eng xavfli asorati ma`lum qilindi

Salomatlik 08.08.2020, 10:52
"Bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin" Koronavirusning eng xavfli asorati ma`lum qilindi

Uhan shahrida koronavirusdan sog`ayganlarning 90 foizida hozir o`pka yallig`lanishi kuzatilmoqda ekan. O`pka yallig`lanishini keyinchalik davolasa bo`ladimi? Mazkur savolga  AOKA huzuridagi shtabda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Rustam Ikromov javob berdi.

Barcha holatlarda ham o`pka yallig`lanishi koronavirus tufayli kelib chiqmaydi.

Pnevmoniyani davolashning samarali usullari mavjud va bu kasallikni davolasa bo`ladi.

 Koronavirusning eng katta xavfi — o`pka fibrozi, ya`ni o`pka chandig`iga olib kelishidir. Bunda virus havo etib borish klapanlarini yopadi. Natijada bemor keyinchalik yurak va nafas etishmovchiligidan aziyat chekadi.

O`pka chandig`i uzoq yillarda tiklanadi. Gohida bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin, - deya javob berdi mutaxassis.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1