1

Islom Karimov: “Prokuratura tizimidagi ahvol bizni qoniqtirmaydi”

Jamiyat 07.12.2015, 12:27
Teglar: Xonanda
Islom Karimov: “Prokuratura tizimidagi ahvol bizni qoniqtirmaydi”

Prezident Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi ma`ruzasida ta`kidlangan nutqida Bosh prokuratura O`zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazorat qilish (Konstitusiyaning 118-moddasi) bo`yicha zimmasiga yuklatilgan konstitusiyaviy vazifani qay darajada va qanchalik samarali bajarayotgan haqida to`xtaldi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, 2015 yilning 9 oyida Bosh prokuraturaga fuqarolardan prokuratura xodimlari ustidan 426 ta shikoyat kelib tushgan. Mazkur shikoyatlarni ko`rib chiqish natijalari bo`yicha 45 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan, 22 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilingan, 33 nafar xodim prokuratura organlaridan bo`shatilgan.

O`z-o`zidan ravshanki, ana shu raqamlar va prokuratura tizimidagi ahvol bizni qoniqtirmaydi, albatta. Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senati qisqa muddatda prokuratura faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish va uning faoliyati qonuniyligi masalasini ko`rib chiqishi zarur.

Bugungi kungacha ichki ishlar va huquq-tartibot organlari faoliyatini tartibga soladigan qonunning yo`qligini ham normal holat, deb bo`lmaydi. Shuning uchun mazkur organlarning, birinchi navbatda, qonun ustuvorligini ta`minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish borasidagi maqomi, faoliyat shakli va usullarini aniqlashtirish hamda ularga tuzatishlar kiritish zarur.

 

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
​ FARRUH ZOKIROVDAN TANQID EShITGAN VA TOHIR SODIQOV DUET KUYLAShDAN BOSh TORTGAN UMIDAXON

11.08.2017, 16:04

"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...
​OZODBEK NAZARBEKOV MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI BIRINChI ISh KUNI QANDAY O`TGANINI SO`ZLAB BERDI

11.08.2017, 13:51

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda madaniyat vaziriningbirinchi o`rinbosari sifatidagibirinchi ish kuni qanday o`tgani hamda endilikda ijodini davom ettirishi...
​VIA "MAROQAND"ChI ABDURAShID UYLANDI(FOTO)

08.08.2017, 10:55

7 avgust kuni o`zbek shou-biznesining ikki vakili oila qurdi. Poytaxtdagi "Osiyo grand" restoranida Shohruhxonning ukasi, aktyor Muhammadali va Irodaxonning visol oqshomi bo`lib o`tdi. Shu kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1