AsosiyDunyo

Qozog`istonda 10 kishini hayotdan olib ketgan YTH yuz berdi

Qozog`istonning  Almati viloyatida ikki avtomobil ishtirokida yirik yo`l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”

Ma`lumotlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasi 6 dekabr, yakshanba kuni Jambil tumanidagi “Almati-Akterek-Alg`a”  yo`lining 138-kilometrida sodir bo`lgan.

Mercedes-Benz va Toyota Windom avtomobillari to`qnashishi oqibatida 10 kishi halok bo`lgan. Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar