1

Navoiyda 230 mln so`mlik oltinni qazib olgan o`zboshimchalar qo`lga tushdi

Jinoyat 09.08.2020, 17:26
Navoiyda 230 mln so`mlik oltinni qazib olgan o`zboshimchalar qo`lga tushdi

Navoiy viloyatida Milliy gvardiya va IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida Uchquduq tumani "Altintou" mahallasida joylashgan “Aygul-partiya” deb nomlangan eski oltin konidan tarkibida oltin zarralari bo`lgan toshlarni noqonuniy yo`l bilan qazib olayotgan Xatirchi tumanida yashovchi fuqarolar T.J. va Sh.M.lar qo`lga olingan. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro T.J. o`zining boshqaruvidagi "Ford" avtomashinasida 17 qopga joylangan 1.264 kg og`irlikdagi tarkibida oltin bo`lgan mayda toshlarni, fuqaro Sh.M. esa o`zining boshqaruvidagi "Ford" avtomashinasida 33 qopga joylangan 1.654 kg og`irlikdagi toshlarni olib chiqib ketayotganida to`xtatib qolinib, xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Tarkibida oltin zarralari bo`lgan ushbu toshlar mutaxassislar tomonidan (1 gr - 604.863,5 so`m belgilangan narxda) tekshirib ko`rilganda fuqaro T.J. tomonidan o`zlashtirilgan 1.264 kg og`irlikdagi toshlardan 148 gr (89.000.000 so`m) miqdordagi oltin moddasi borligi, fuqaro Sh.M. dan olingan 1.654 kg og`irlikdagi toshlardan esa 234 gr (141.000.000) miqdordagi oltin moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda Navoiy viloyati Uchquduq tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1