Xitoyda aniqlangan yangi SFTS virus infeksiyasi koronavirus bilan grippning aralashmasidan kamroq xavflidir.
Ushbu nuqtai nazarni Novosibirsk davlat tibbiyot universiteti ichki kasalliklar kafedrasi dosenti Vladislav Mitroxin URA.RU ga bayon qilgan, deya yozmoqda Yangi O`zbekiston nashri.
Uning so`zlariga qaraganda, yangi kasallik haqida hozircha ma`lumotlar etarli emas. Hozircha yangi virusning faqat oshqozon-ichakka ta`siri haqida gapirish mumkin.
«Lekin eng xavflisi bu koronavirus bilan gripp virusining birikishi deb o`ylayman. Agar bir vaqtning o`zida ikkalasi bilan kasallansa, albatta», — deb hisoblaydi ekspert.
Shuningdek, u hamkasblarining yangi virus hozir Rossiya uchun xavfli emas, degan fikriga ham e`tibor qaratdi. Lekin Vladislav Mitroxin to`liq manzaraning mavjud emasligi haqida ham qo`shimcha qiladi. Yangi kasallik koronavirus kabi keng emas, balki mahalliy darajada tarqalishi mumkin, degan taxmin mavjud. Lekin ma`lumotlarning etarli emasligi hozircha xulosa qilish imkonini bermaydi.
«Virusning yuqish yo`llari qanaqangi ekanligi aniq emas. O`ylaymanki, hafta davomida biz ko`proq axborot olishimiz mumkin», — dedi Vladislav Mitroxin.