AsosiyDunyo

Estoniya Prezidenti uchinchi marta uylanadi

Estoniya Prezidenti Tomas Ilves Latviya Ichki ishlar vazirligi kiberxavfsizlik xizmati boshlig`i Ieve Kupse bilan unashtirildi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Unashtiruv haqidagi ma`lumotlarni  davlat rahbarining Tallindagi ma`muriyati ham tasdiqlagan. Kutilayotgan to`y marosimi Prezidentga o`z majburiyatlarini ado etishga xalaqit bermasligini ta`kidlanmoqda.

38 yoshli Kupse to`ydan keyin ham Latviya kiberxavfsizlik xizmati boshlig`i lavozimida ishlashi yoki ishlamasligi hozircha noma`lum.

61 yoshli Estoniya Prezidenti bundan avval ikki marta uylangan. Uning ikki nikohidan uchta farzandi bor. Prezident ikkinchi xotini bilan  yil boshida ajrashgan edi.  Ilvesning ikkinchi Prezidentlik muddati 2016 yilning avgustida nihoyasiga etadi.

Estoniya Prezidenti va Kupse 2000 yilning boshlarida Evroparlamentda tanishgan edi. 

    Boshqa yangiliklar