1

Britaniya Bosh Vaziri maktablar sentyabrdan ochilishi zarurligini aytdi

Dunyo 10.08.2020, 13:56
Britaniya Bosh Vaziri maktablar sentyabrdan ochilishi zarurligini aytdi

Britaniya Bosh Vaziri Boris Jonsonning aytishicha, mamlakatdagi maktablarni sentyabrdan boshlab ochish ijtimoiy, iqtisodiy va axloqiy zaruriyat hisoblanadi. Jonson davom etayotgan koronavirus pandemiyasiga qaramay hukumat maktablarda o`quvchilar salomatligini saqlay olishini ta`kidlagan. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Shu oyning boshida olib borilgan o`rganishlar natijasiga ko`ra, agar koronavirus va uning zanjirini aniqlash bo`yicha tizim yaratilmasdan maktablar ochilsa, qish fasliga kelib Britaniyada COVID-19 ning ikkinchi to`lqini yuzaga kelish xavfi tug`iladi. Ikkinchi to`lqinda koronavirus birinchisidan ikki baravar ko`p tarqalishi mumkin.

Lekin, Jonson maktablarni ochishni mamlakatdagi eng muhim ish deb hisoblamoqda. U agar kelajakda karantin joriy qilinsa, yopiladigan eng oxirgi muassasa maktablar bo`lishini ham ta`kidlagan.

Britaniyada maktablar mart oyida yopilgan va iyun oyida oz sonli o`quvchilar bilan qayta ochilgandi. Britaniya hukumati ham sentyabrning boshidan barcha o`quvchilar maktabga qaytishlarini xohlamqoda.

“Maktablarimizni kerakli bo`lgan muddatdan bir lahza ko`proq yopib qo`yishimiz ijtimoiy, iqtisodiy va axloqiy jihatdan katta zararni keltirib chiqaradi. Pandemiya tugagani yo`q. Lekin, endilikda biz barcha o`quvchilarning sog`ligini saqlagan holda maktablarni ochish bo`yicha etarlicha bilimga egamiz” deydi Boris Jonson.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1