1

Toshkentdagi "Sayohat" mehmonxonasida karantinda saqlanayotgan 31 yoshli surxondaryolik o`zini 4-qavatdan tashladi

Jamiyat 11.08.2020, 17:25
Toshkentdagi "Sayohat" mehmonxonasida karantinda saqlanayotgan 31 yoshli surxondaryolik o`zini 4-qavatdan tashladi

10 avgust kuni Rossiyaning Qozon shahridan kelgan 31 yashar surxondaryolik O.K. o`z joniga qasd qildi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining bizga bergan ma`lumotiga ko`ra, u o`zini Toshkentdagi “Sayohat” mehmonxonasining 4-qavat derazasidan o`zini uloqtirgan va vafot etgan.  U  1989 yil Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tug`ilgan. 

Dastlabki tergovga qadar tekshiruvga ko`ra, yigit Rossiyaning Qozon shahriga ishlash uchun oilasi bilan birga ketgan. Joriy yilning 4 avgust charter reys orqali Toshkent shahriga olib kelinib, Mirzo Ulug`bek tumani DSENB tomonidan karantinga olingani, “Sayohat” mexmonxonasi 408-xonaga joylashtirilgan. 7 avgust kuni COVID-19 virusi uchun test topshirgan, 9 avgust kuni COVID-19 testi manfiy chiqqan. 

Uning Surxandaryo viloyati Denov tumanida yashovchi yaqin qarindoshlari bilan suhbat qilinganida, ular so`nggi paytlarda O.K.ning ruhiyatida salbiy tomonga o`zgarishlar sezilganini va o`zini yomon his qilib yurgani, shu sababli uning turmush o`rtog`i va ikki nafar voyaga etmagan farzandlari Rossiya Federasiyasi xududida qolishiga qaramasdan, uni O`zbekiston Respublikasiga olib kelinganini aytishgan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, O.K.ning ruxiy kasallika chalingan yoki chalinmaganligi holatlariga aniqlik kiritish choralari ko`rilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1