1

"DAN" xodimlari bolalarni tunda ko`chaga tashlab ketishdi”. Holat bo`yicha xizmat tekshiruvi boshlandi

Jamiyat 11.08.2020, 19:08
"DAN" xodimlari bolalarni tunda ko`chaga tashlab ketishdi”. Holat bo`yicha xizmat tekshiruvi boshlandi

Joriy yilning 11 avgust kuni ijtimoiy tarmoqda “Negativ 105: DAN xodimlari bolalarni tunda ko`chaga tashlab ketishdi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. 

"Ushbu video lavhada tasvirlangan holat joriy yilning 7 avgust kuni Samarqand viloyati, Kattaqo`rg`on tumanida YPX xodimlari va “Epika” rusumli transport vositasi haydovchisi S.M.lar ishtirokida sodir bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilib, viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda", 

- deyiladi rasmiy xabarda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1