1

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Kobalt”ga o`xshash mashina haydovchisi fuqaroni otib tashlab, keyin ustidan bosib o`tgani haqidagi videoga IIV izoh berdi (video)

Jinoyat 11.08.2020, 20:47
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “Kobalt”ga o`xshash mashina haydovchisi fuqaroni otib tashlab, keyin ustidan bosib o`tgani haqidagi videoga IIV izoh berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Kobalt” rusumiga o`xshash avtotransport vositasi haydovchisi va yonidagi yo`lovchi boshqa bir fuqaroni o`qotar qurol bilan otib tashlab, keyin avtotransportda ustidan bosib o`tib ketgani haqidagi videolavha yuzasidan IIV Axborot xizmati munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishicha, bu holat Lotin Amerikasi davlatlaridan birida sodir etilgan va internetdan yuklab olingan. Bu voqea O`zbekistonda bo`lgan deb tarqatilayotgan ma`lumot xaqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Fuqarolarimizdan va ijtimoiy tarmoqda kanal yurituvchilardan tekshirilmagan va yolg`on ma`lumotlarni tarqatishdan o`zlarini tiyishlarini so`rab qolamiz, dyiladi IIV izohida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1