AsosiyJamiyat

Ertaga Bangkokdan Toshkentga qo`shicha reys qo`yilmoqda

'Ertaga Bangkokdan Toshkentga qo`shicha reys qo`yilmoqda'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" AJ 2020 yil 13 avgustda Bangkok - Toshkent yo`nalishi bo`yicha charter repatriasiya qatnovini quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshirishni rejalashtirdi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda. Unga ko`ra,

Bangkok - Toshkent, Bangkokdan ketish vaqti - 03:15, Toshkentga qo`nish vaqti -07:45 (mahalliy vaqt ko`rsatilgan)

Bangkok - Toshkent yo`nalishi bo`yicha charter qatnoviga aviachiptalarni "Uzbekistan Airways Sales" Markaziy sotuvlar ofisida hamda aviakompaniyaning Bangkokdagi vakolatxonasidan 2020 yil 12 avgust soat 9.30dan boshlab sotib olish mumkin.

Joylar soni cheklangan.

Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalarni sotib olishni tezlashtirish bo`yicha o`z xizmatlarini taklif etayotgan shubhali shaxslardan yordam so`ramasligingizni so`ralmoqda.

Sizga chiptada ko`rsatilgan narxni "Uzbekistan Airways" AJ filialining kassasida to`lagan pulingiz miqdori bilan solishtirish ham tavsiya qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar